Bugun 13 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa davlatlari Ukrainaga munosabatini Tramp pozisiyasiga ko‘ra o‘zgartirmoqda

Evropa davlatlari Ukrainaga munosabatini Tramp pozisiyasiga ko‘ra o‘zgartirmoqda

Vashingtonning Yevropadagi ittifoqchilari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yondashuvlarini o‘zgartirib, uni Moskva bilan muzokaralar olib borish istagini bildirgan AQSh prezidenti Donald Tramp pozisiyasiga moslashtirmoqda.

Bu haqda Politico nashri yozmoqda.

“Ukraina bo‘yicha strategiya Yevropada AQSh bayonotlari ohangining o‘zgarishiga mos ravishda jimgina o‘zgarmoqda – so‘zsiz qo‘llab-quvvatlash va’dalaridan tortib, Kiyevni uning uchun foydali pozisiyani ta’minlagan holda muzokaralar stoliga o‘tkazishga urinishlargacha”, — ta’kidlaydi nashr.

Unda aytilishicha, Trampning Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yish niyati haqidagi bayonotlari munosabati bilan Yevropa davlatlari yetakchilari “tinchlik muzokaralarida yetakchi rol o‘ynash” istagini namoyish etmoqda.

Nashrning fikricha, yangi strategiya 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida shu haftada yaqqol namoyon bo‘ladi. Gazetaning bahosiga ko‘ra, bu safargi tadbir Amerikaning avvalgi rahbari, demokrat Jo Bayden ma’muriyati davridagidan boshqacha tarzda o‘tkaziladi. Konferensiyada AQSh va uning ittifoqchilari Kiyevni qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, Ukraina va AQSh vakillari konferensiya oldidan “xavfsizlik sohasidagi uzoq muddatli kafolatlarni muhokama qilishgan”. “Bu qurol va razvedka aktivlari, masalan, sun’iy yo‘ldoshlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni yevropaliklar taqdim eta olmaydi”, deyiladi maqolada.

Kiritildi: 09:11 12.02.2025. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!