Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Evropa davlati o‘zbekistonliklar uchun chegaralarini ochdi

Evropa davlati o‘zbekistonliklar uchun chegaralarini ochdi

Chernogoriya 1 iyundan yuzdan ortiq, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun chegaralarini ochdi. Bu haqda Chernogoriya sog‘liqni saqlash jamoatchiligi instituti xabar qildi.

Yangilangan ro‘yxatdagi 130 ta davlat fuqarolari karantinga rioya qilmasdan va koronavirusga test topshirmasdan tashrif buyurishlari mumkin. Koronavirus tarqalishining sezilarli sekinlashgan, yangi holatlar soni pasayishi qayd etilgan mamlakatlardan kirishga ruxsat beriladi. Aholisining har 100 ming nafaridan 25 nafardan kamrog‘i koronavirus yuqtirib olgan davlat fuqarolariga ruxsat berilgan.

Ro‘yxatga MDH davlatlaridan Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiritilgan.

Avvalroq Chernogoriya pandemiyani yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangani haqida ma’lum qilgan edi. Mamlakat bo‘ylab 324 kishi koronavirus bilan kasallangan, shulardan 9 nafari vafot etgan.

Kiritildi: 17:46 02.06.2020. O'qildi: 5006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!