Evropa Komissiyasi energetik inqiroz davrida narxlarni pasaytirish uchun Yevropa davlatlarini gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan talabni kamaytirishga chaqirdi.
Bu haqda Politico YEIning energetika va uy-joy masalalari bo‘yicha komissari Dan Yorgensenning Yevropa davlatlari vazirlariga yo‘llagan maktubiga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yorgensen maktubida gaz va elektr energiyasiga talabni “ma’lum muddat” davomida pasaytirish choralarini ko‘rishga chaqirgan. Shu bilan birga, yevrokomissar hozirda YEIda energiya ta’minoti xavfsizligiga tahdid yo‘qligini, biroq vaziyat murakkab ekanini ta’kidlagan.