Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evrokomissiya Ukraina uchun hamkor davlatlarni moliyaviy yordamga chaqirdi

Evrokomissiya Ukraina uchun hamkor davlatlarni moliyaviy yordamga chaqirdi

Evropa komissiyasi Yevropa Ittifoqining hamkor davlatlariga 2026-2027 yillarda Kiyevning ortib borayotgan moliyaviy ehtiyojlarini qoplashda ishtirok etishga chaqiriq bilan murojaat qildi.

Bryusseldagi brifingda Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Paula Pinyo ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi ayni paytda Ukrainaga avvaldan va’da qilingan 90 milliard yevrolik kreditga asosiy e’tiborni qaratgan.

Uning ta’kidlashicha, Kiyevning barcha moliyaviy ehtiyojlarini Yevropa Ittifoqining o‘zi to‘liq qoplay olmaydi.

"...Shu qismi bo‘yicha biz hamkorlarimizni jarayonga qo‘shilish va o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdik", — deya Pinyoning so‘zlarini RIA Novosti keltiradi.

Kiritildi: 18:30 01.09.2026. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!