Janubiy gaz yo‘lagi Rossiya gazini Yevropa Ittifoqiga yetkazib bermaydi. Bu haqda Iqlim va energetika masalalari bo‘yicha Yevropa komissiyasi vakili Tim Makfi Bokuga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha asossiz da’volarga javob berar ekan, ma’lum qildi.
"Evropa Ittifoqi bozorlariga yetkazib berishni ta’minlaydigan Janubiy gaz yo‘lagi faqat Ozarbayjonning gaz konlari bilan bog‘langan va mamlakatning kengroq milliy gaz tizimiga integrasiya qilinmagan. Shunday qilib, Rossiya gazi Janubiy gaz yo‘lagi orqali Yevropa Ittifoqiga yetkazib berilmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida Ozarbayjon Rossiyadan ichki iste’mol uchun yiliga 1 milliard kub metrdan kam gaz import qilgan bo‘lsa, Ozarbayjondan umumiy gaz eksporti qariyb 24 milliard kub metrni tashkil etadi, ularning taxminan yarmi Yevropa Ittifoqi bozoriga yo‘naltiriladi. Avval aytganimdek, Rossiya gazidan voz kechish bo‘yicha umumiy maqsadimiz juda aniq va Ozarbayjondan import qilinayotgan gazning kelib chiqishi ham mutlaqo shaffof," - dedi u har kuni o‘tkaziladigan brifingda.