Evrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Brent neftining bir barreli narxi 2025 yilda 67,7 dollargacha, 2026 yilda esa 64 dollargacha pasayishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Kazinform agentligi.
Bu haqda Yevrokomissiyaning bahorgi prognozida qayd etilgan.
Evrokomissiyaning kuzgi prognozida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 73,1 va 71,5 dollarni tashkil etgan edi. Yevrokomissiyaning ta’kidlashicha, neft narxining pasayishiga ta’sir etuvchi asosiy omil AQShning savdo tariflari bilan bog‘liq noaniqlikdir.
Eslatib o‘tamiz, prezident Donald Tramp Erondan neft yoki neft mahsulotlarini xarid qiluvchi mamlakatlar yoki shaxslarga AQSh bilan biznes yuritishga ruxsat berilmasligi to‘g‘risida ogohlantirgan edi.