Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Evroittifoq Maskka tegishli X ijtimoiy tarmog‘iga yirik jarima solmoqchi

Evroittifoq Maskka tegishli X ijtimoiy tarmog‘iga yirik jarima solmoqchi

Evroittifoq Maskka tegishli X ijtimoiy tarmog‘iga noqonuniy kontent va dezinformasiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun yirik jarima solishi mumkin, deb xabar bermoqda The New York Times.

Nashrning ta’kidlashicha, bu qadam Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi taranglikni kuchaytirishi mumkin, chunki Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampning eng yaqin tarafdorlaridan biri hisoblanadi.

Manbalarga ko‘ra, taklif etilayotgan choralar qatorida jarima va xizmatda o‘zgarishlar kiritish talabi mavjud. Ularning aytishicha, sanksiyalar shu yil yozda e’lon qilinishi mumkin.

Hozirda Yevropa Ittifoqi rasmiylari X ijtimoiy tarmog‘iga qanday hajmdagi jarima qo‘llanishi kerakligini o‘ylab ko‘rishmoqda. NYT suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, jarima summasi bir milliard dollardan oshishi mumkin. Regulyatorlar shu yo‘l bilan boshqa kompaniyalarga ibrat ko‘rsatmoqchi va Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzishdan qaytarishni maqsad qilgan.

Tergov 2023 yilda boshlangan va o‘tgan yili regulyatorlar X tarmog‘i qonunni buzganiga doir dastlabki xulosani chiqargan, deb yozadi nashr. Shunga qaramay, amaldorlarning aytishicha, Yevropa hukumati va X agar kompaniya zarur o‘zgarishlarga rozi bo‘lsa, kelishuvga erishishi mumkin.

"Biz har doim va bundan keyin ham Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritayotgan barcha kompaniyalarga nisbatan qonunlarni adolatli va kamsitmasdan qo‘llaymiz, bu xalqaro me’yorlarga to‘la mos keladi", — dedi Yevrokomissiya vakili, biroq X bilan bog‘liq holat yuzasidan aniq izoh bermadi. Ijtimoiy tarmoq vakillari esa izoh berishdan bosh tortgan, deb yozadi NYT.

Kiritildi: 11:50 04.04.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!