Evropa Ittifoqining Adliya bo‘yicha komissiyasi (Eurojust) ma’lumotlariga ko‘ra, 16 iyul kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar NoName057(16) xakerlar guruhini zararsizlantirgan. Ular muhim infratuzilma ob’ektlari, qurol ishlab chiqaruvchilar, energetika kompaniyalari va davlat idoralariga uyushtirilgan ko‘plab DDoS hujumlarida ayblanmoqda.
Bayonotida aytilishicha, 15 iyul kuni AQSh hamda yana 11 davlat ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro operasiya davomida dunyo bo‘ylab yuzlab serverlar orqali hujumlar uyushtirishda foydalanilgan botnet tizimi yo‘q qilingan.
Germaniya va Ispaniya ushbu xakerlik guruhining yetti nafar gumonlanuvchisiga nisbatan hibsga olish orderlari bergan, tergovchilar esa NoName bilan bog‘liq binolarda 24 ta tintuv o‘tkazgan.
Eurojust'ga ko‘ra, xakerlarning ba’zi hujumlari Shveysariyaga qaratilgan bo‘lgan. Ushbu kiberhujumlar 2023 yil iyun oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Shveysariya parlamentiga video murojaat yo‘llagan va 2024 yil iyunida Ukrainaga bag‘ishlangan tinchlik konferensiyasi o‘tkazilgan paytlarda sodir etilgan.