Evro AQSh dollariga muqobil valyuta sifatida investorlar uchun “xavfsiz aktiv”ga aylanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
"Evropa Ittifoqi valyutasining AQSh dollariga nisbatan qiymati o‘tgan hafta oxirida so‘nggi uch yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Tramp ma’muriyatining savdo tariflari siyosati tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy noaniqlik dollarning an’anaviy “xavfsiz aktiv” rolini shubha ostiga qo‘ydi", — deb yozadi nashr.