«Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi mobil hambi superapp bilan strategik hamkorlikni e’lon qildi. Endi kompaniyaning istalgan sug‘urta polislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin — tez, qulay va ofisga bormasdan. hambi orqali foydalanuvchilar OSAGO, KASKO, EURO KASKO va Travel Insurance polislarini bir necha bosish orqali, 24/7 rejimida rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
OSAGO — yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini himoya qiluvchi majburiy avtosug‘urta turi. Uni 3–5 daqiqa ichida onlayn rasmiylashtirish mumkin, polisingiz avtomatik tarzda Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
KASKO — avtomobilingizni YTH, tabiiy ofatlar va hatto o‘g‘irlik holatlaridan himoya qiluvchi ixtiyoriy kompleks sug‘urta polisi. Moslashuvchan tariflar avtomobil qiymatining taxminan 1,3% dan boshlanadi va polisini onlayn tarzda tez rasmiylashtirish mumkin.
EURO KASKO — avtomobil sug‘urtasining noyob “konstruktor” modeli bo‘lib, unda mijoz o‘z avtomobili uchun faqat zarur bo‘lgan risklarni mustaqil tanlaydi. Bu esa klassik KASKO bilan solishtirganda 70% gacha tejash imkonini beradi.
Travel Insurance — sayohat davomida tibbiy xarajatlarni qoplashni ta’minlovchi sug‘urta bo‘lib, qamrov kuniga 5 000 so‘mdan boshlanadi. Polisini 180 dan ortiq davlatlarga safar qilish uchun bir necha daqiqa ichida onlayn rasmiylashtirish mumkin.
Yangi hamkorlik sug‘urtani yanada qulay va ochiq qiladi: mijozlar «Euroasia Insurance» polislarini hambi orqali 24/7 rejimida, navbatlarsiz va qog‘oz hujjatlarsiz rasmiylashtirishlari mumkin. Sug‘urta mahsulotlari va shartlari haqida batafsil ma’lumot «Euroasia Insurance» rasmiy veb-saytida mavjud.
Vaqtingiz va kuchingizni tejang — sug‘urta polisini atigi 5 daqiqada onlayn rasmiylashtiring!