Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Laridjani Vashington "o‘z xatosini tan olmaguncha va unga javob bermaguncha", Tehron "AQShni tinch qo‘ymasligini" ma’lum qildi.

"Avvalroq (AQSh prezidenti Donald) Tramp ushbu urushda tezroq g‘alaba qozonishlari kerakligini aytgan edi... Urushni boshlash oson, biroq uni "X" tarmog‘idagi bir nechta repostlar bilan tugatib bo‘lmaydi", — dedi Laridjani.

Islom respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bagaining ta’kidlashicha, kemalarning Ormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishi Eron bilan "kelishuv"ni talab qiladi.

"Eron Ormuz bo‘g‘ozini xavfli hududga aylantirishga intilmaydi, biroq kemalar dengizda xavfsizlikni ta’minlash uchun u orqali o‘tishda Eron harbiy-dengiz floti bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak", — dedi u.

Shu bilan birga, monitoring xizmatlari 12 mart kuni Xitoy neft tankeri Ormuz bo‘g‘ozidan o‘tganini qayd etdi.

Kiritildi: 23:22 12.03.2026. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!