Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Euractiv: Yevropa mamlakatlari AQShning Ukraina bo‘yicha jiddiy majburiyatlar olishini kutmayapti

Euractiv: Yevropa mamlakatlari AQShning Ukraina bo‘yicha jiddiy majburiyatlar olishini kutmayapti

Ta’kidlanishicha, Yevropa bir necha haftadan beri Ukrainadagi ehtimoliy kelishuv bo‘yicha muzokaralar jarayoniga qo‘shilishga harakat qilmoqda. Bu hafta esa AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Pentagon rahbari Pit Xegset va AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogning mintaqaga tashrifi munosabati bilan, yevropaliklar Amerika rasmiylari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"Biroq, faoliyatning keng ko‘lamiga qaramay, yevropaliklar AQShdan jiddiy majburiyatlar kutmayapti," — deya portalga ma’lum qilishdi ismi oshkor qilinmagan diplomatlar.

Ushbu haftada Yevropa mamlakatlari va AQSh rasmiylari ishtirokida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi, Ramshtayn formati va Parijda bir qator muzokaralar bo‘lishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:53 11.02.2025. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!