«Ettinchi raqamli futbolkani topshirish vaqti keldi». Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 41 yoshida milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Hujumchi e’lon qilgan bayonotida bundan buyon Portugaliya sharafini himoya qilmasligini ma’lum qildi. Uning milliy terma jamoadagi 23 yildan ortiq davom etgan faoliyati o‘z nihoyasiga yetdi.
«Aziz portugaliyaliklar, umumiy milliy jamoamizning yettinchi raqamli futbolkasini topshirish kuni keldi. Men hech qachon bu raqam faqat menga tegishli deb hisoblamaganman. Ba’zi qarorlar nafaqat aql, balki yurak bilan ham qabul qilinadi», — deb yozdi Ronaldu.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi debyutini 2003 yilda o‘tkazgan edi. U terma jamoa tarkibida 2016 yilda Yevropa chempioni bo‘ldi hamda 2019 va 2025 yillarda ikki marta UYEFA Millatlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Futbolchi, shuningdek, bir necha bor dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olingan.