Yirik texnologik kompaniyalar rahbarlari AQShdagi saylovlar fonida to‘nini teskari kiyib oldimi? Sem Altman butun OpenAI nomidan sun’iy intellekt insonlar nazorati ostida bo‘lishi tarafdori bo‘lib chiqdi. Eng qizig‘i, yaqindagina u taraqqiyot yo‘lida qurbonliklar muqarrar, deb yozgan edi.
Bu o‘zgarish kecha Kongress saylovlarida demokratlar g‘alaba qozonishi bilanoq yuz berdi. So‘nggi ikki yil davomida uni Tramp partiyasi nazorat qilib kelgan, biroq endi vaziyat o‘zgardi.
Texnogigantlar Tramp ma’muriyatini «yaxshi do‘st» deb bilishardi — ularga soliq imtiyozlari, data-markazlarni qurishga ruxsat va davlat shartnomalari taqdim etilgan. Endi esa ular demokrat strateglarga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib, kelishish yo‘llarini izlashmoqda.
Kompaniyalarga allaqachon surishtiruvlar, sun’iy intellektni qat’iy tartibga solish va ma’lumotlar markazlari uchun cheklovlar bilan tahdid qilinmoqda. Hozir hatto Ilon Mask asosiy qarorgoh qilib olgan Texas ham demokratlar nazorati ostiga o‘tdi.