Estoniya Ukrainaga Rossiya zarbalari natijasida energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish uchun qariyb 400 ming yevro miqdorida qo‘shimcha gumanitar yordam ajratishini ma’lum qildi.
Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yordam eston jamoat tashkilotlari orqali yo‘naltirilib, inqirozlarga javob berish bo‘yicha mobil markazlar, evakuasiya va tranzit punktlarini moliyalashtirishga sarflanadi.