Eron Ekspertlar assembleyasi a’zosi Ali Muallimiyning bildirishicha, assambleya rahbariyatni tanlashda shaxsiy afzalliklar, siyosiy va partiyaviy oqimlar hisobga olinmasligiga qasamyod qildi.
“A’zolar diniy mezonlarga muvofiq, nomzodni tanlaydi va ovoz beradi, shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q”, — dedi Muallimiy.
Ali Homanaiy respublikani 36 yil boshqargan. U 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eronga bergan zarbalari chog‘ida halok bo‘ldi. Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, oyatullohning qarorgohiga 30 ga yaqin bomba tashlangan.