Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronning yangi oliy rahbari AQSh bilan sulh tuzish taklifini rad etdi — Reuters

Eronning yangi oliy rahbari AQSh bilan sulh tuzish taklifini rad etdi — Reuters

Agentlikning yuqori martabali eronlik rasmiylarga tayanib xabar berishicha, Tehron ikki vositachi orqali Vashington bilan sulh tuzish bo‘yicha taklif olgan, biroq yangi oliy rahbar oyatulloh Mujtabo Xominaiy buni rad etgan.

Reuters manbalariga ko‘ra, tashqi siyosat bo‘yicha birinchi yig‘ilishda Mujtabo Xominaiyning AQSh va Isroildan qasos olish borasidagi pozisiyasi “juda qattiq va jiddiy” bo‘lgan. Xominaiy “AQSh va Isroil tiz cho‘kmaguncha, mag‘lubiyatni tan olmaguncha va Eronga tovon to‘lamaguncha, tinchlik kelishuvi bo‘lmaydi", deb aytgan.

Eronlik rasmiylar Mujtabo Xominaiy ushbu yig‘ilishda shaxsan qatnashgani yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan.

Kiritildi: Bugun 18:11. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!