Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eronni vaqtincha boshqaruvchi Muvaqqat kengash tarkibi tasdiqlandi — Al Jazeera

 Eronni vaqtincha boshqaruvchi Muvaqqat kengash tarkibi tasdiqlandi — Al Jazeera

Eron Fiqh kengashi a’zosi Alirizo Arofiy amaldagi prezident Mas’ud Pizishkiyon va Oliy sud raisi G‘ulom-Husayn Muhsiniy bilan birga Muvaqqat kengash a’zosi etib tayinlandi.

Ushbu organ yangi oliy rahbar saylanguniga qadar, Eron oliy rahbari vazifalarini bajarishga mas’ul bo‘lgan tuzilmadir. A’rofiy vaqtinchalik rahbarlik kengashida amaldagi prezident Mas’ud Pizishkiyon va bosh qozi G‘ulom-Husayn Muhsiniy bilan birgalikda faoliyat olib boradi.

"67 yoshli A’rofiyning ushbu kengashdagi a’zoligi nufuzli hakamlik organi — Manfaatlar kengashi tomonidan tasdiqlangan. U taniqli shia diniy arbobi bo‘lib, Ali Xominaiyning ishonchli kishilaridan biri bo‘lgan", deya yozmoqda Al Jazeera.

Shuningdek, Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy ham mamlakat boshqaruvi jarayonida muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!