Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eronlik reper uchun o‘lim jazosi

Eronlik reper uchun o‘lim jazosi

Erondagi sud eronlik ijrochi Tatal (asl ismi - Amir Husayn Magsudlu) haqidagi ishda prokurorning apellyasiyasidan so‘ng, besh yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini Yaratganga kufr keltirish aybloviga ko‘ra, o‘lim jazosiga o‘zgartirdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

"Oliy sud prokurorning e’tirozini qabul qildi," - deya ma’lum qildi Eronning "Etemad" gazetasi.

Nashrning ta’kidlashicha, Tataluga nisbatan ish payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ga haqorat qilish ayblovlari sababli "qayta ko‘rib chiqilgan". Gazeta shuningdek, hukmning uzil-kesil emasligini va hali ham unga shikoyat qilinishi mumkinligini qayd etgan.

Tatalu - 37 yoshli eronlik musiqachidir. Tatalu Eronda yashagan paytida bir necha bor hibsga olingan. 2018 yilda xonanda Istanbulga ko‘chib o‘tdi. 2021 yilda Tatalu Universal Music Group bilan hamkorlikda "Fereshteh" nomli albomini chiqardi. 2023 yil dekabr oyida Turkiya polisiyasi uni muddati o‘tgan pasport bilan mamlakatni tark etishga uringanidan so‘ng Eronga topshirdi. O‘shandan beri u qamoqda saqlanmoqda.

Avvalroq ijrochi fohishabozlikni targ‘ib qilgani uchun 10 yillik ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan edi. Bundan tashqari, unga Eronga qarshi targ‘ibot olib borish va "beadab mazmundagi kontent"ni tarqatishda ayb qo‘yilgan.

Kiritildi: 20:24 21.01.2025. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!