Eronning janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatida so‘nggi 24 soat ichida qum bo‘roni tufayli 802 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Bu haqda Ahvaz Jundishapur tibbiyot fanlari universiteti rektori o‘rinbosari doktor Meysem Moazi ma’lum qildi.
M.Moazi yurak va nafas olish yo‘llari bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaat qilganliklarini ta’kidladi.
"Ushbu shaxslarning 92 nafari kasalxonaga yotqizilgan, qolganlari davolanganidan keyin chiqarilgan.
M.Moazi mahalliy aholini ogohlantirib, ularni, ayniqsa, bolalar, homilador ayollar, qariyalar va nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlarni imkon qadar uyda qolishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Xuziston meteorologiya xizmati payshanba va juma kunlari qum bo‘roni munosabati bilan "qizil ogohlantirish" e’lon qilgan, bu esa ob-havoning odamlar salomatligi uchun xavfli ekanligidan dalolat beradi.