Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Erondagi Niderlandiya elchixonasi vaqtincha Ozarbayjonga ko‘chirildi

Erondagi Niderlandiya elchixonasi vaqtincha Ozarbayjonga ko‘chirildi

Erondagi Niderlandiya elchixonasi xodimlari Ozarbayjonga evakuasiya qilindi, deb xabar beradi AZERTADJ.

Agentlik mintaqaviy muxbirining xabar berishicha, elchi va elchixona xodimlari chegarani kesib o‘tib, "Astara" chegara punkti orqali Ozarbayjon hududiga xavfsiz kirishdi.

Evakuasiya jarayoni zarur hujjatlarni tekshirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa proseduralar orqali amalga oshirildi va chegaradan xavfsiz o‘tishni ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rildi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, xodimlar belgilangan joylarga jo‘natildi.

"Astara" chegara punktida evakuasiya uzluksiz davom etmoqda, chegaradan o‘tish tartib-qoidalarga muvofiq va tegishli organlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!