Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Erondagi isyonlar 25 ta shaharni qamrab oldi

Erondagi isyonlar 25 ta shaharni qamrab oldi

Mamlakatning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy viloyatlarida isyonchilar va polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlarda qon to‘kildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar davomida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, ular orasida xavfsizlik kuchlari xodimlari ham bor.

Yosuj shahri markazi isyonchilar nazoratiga o‘tgan, Marvdashtda esa ular polisiya binosini egallagan. Eronning 31 viloyatidan 22 tasida isyonlar avjiga chiqqan. Hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra, Tehron g‘arbidagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bazasida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Namoyishchilarning shiorlari nihoyatda qat’iy va ochiq: «Diktatorga o‘lim», «Bu oxirgi jang, Pahlaviy qaytib keladi», «Taxt vorisi, qayerdasan? Bizni qutqar», «Yashasin shoh!».

Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy sodir bo‘layotgan voqealarni izohlarkan, namoyishchilarning talablari «adolatli» ekanini aytdi. Shu bilan birga, u «isyonchilarni joyiga tushirib qo‘yish kerak», degan.

Kiritildi: 22:37 06.01.2026. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!