"Eronda yadro qurolining bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Uni to‘xtatishning ikki usuli bor: bombalar yoki kelishuvlar orqali. Mening fikrimcha, Eron juda tashvishda, qo‘rquvda va bitim tuzishni istaydi. Ularning mudofaa tizimining asosiy qismi ishdan chiqib bo‘lgan. Men ularni bombardimon qilmasdan, ular bilan kelishuv tuzishni ma’qul ko‘rardim", dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanalida.
Shuningdek, Tramp Ukraina AQShga harbiy yordam uchun 500 milliard dollarlik noyob tuproq metallarini berishga rozi bo‘lganini aytdi.