Tehrondagi Eron Oliy sudi oldida ikki sudyaning o‘limiga sabab bo‘lgan otishma terakt deb e’lon qilindi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda .
Eron bosh prokurori hujum yuzasidan tergov o‘tkazishni buyurdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ular hujumchini qo‘lga olishga harakat qilgan, biroq u o‘z joniga qasd qilgan.
Shuningdek, terakt oqibatida bir tan qo‘riqchisi va yana bir sudya jarohat olgani ma’lum. Hujumchining Oliy sud va unda ko‘rib chiqilgan ishlar bilan aloqasi yo‘qligi aytiladi.