Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya migrantlar uchun bojlarni 12 barobargacha oshirmoqchi

Rossiya migrantlar uchun bojlarni 12 barobargacha oshirmoqchi

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning ma’lum qilishicha, Rossiya fuqaroligini olish uchun to‘lov 12 baravar - 4 200 rubldan 50 ming rublgacha oshadi. Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma 8 baravar - 1920 rubldan 15 ming rublgacha, yashash guvohnomasi esa 5 baravar - 6 mingdan 30 ming rublgacha qimmatlaydi. Xorijiy ishchilarni jalb qilishga ruxsatnoma berish uchun bojni har bir mutaxassis uchun 15 ming rublgacha oshirish taklif qilinmoqda.

Buning federal g‘aznaga umumiy ta’siri yiliga 15 milliard rublga baholanmoqda. Volodinning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihalari migrasiya sohasida tartib o‘rnatishga yordam beradi.

Bundan tashqari, Davlat Dumasi spikeri chet elliklar uchun Rossiyada bo‘lish shartlari — rus tilni bilish, qonunchilikka rioya qilish va an’analar, tarix va madaniyatni hurmat qilish bajarilishi shartligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 12:41. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!