Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eronda portlash bo‘yicha ishda ikki rahbar qo‘lga olindi

Eronda portlash bo‘yicha ishda ikki rahbar qo‘lga olindi

Eronda 26 aprel kuni Shaxid Radjai portda sodir bo‘lgan yirik portlash bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida ikki kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi IRNA agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushlanganlardan biri davlat tashkilotida, ikkinchisi xususiy kompaniyada boshqaruvchi lavozimida ishlagan.

Tergov vaqtida bir nechta gumon qilinuvchilar aniqlangan va huquqni muhofaza qilish organlari ushlangan shaxslarning portlashga aloqadorligini o‘rganishni davom ettirmoqda.

Portlash Eronning eng yirik portlaridan biri bo‘lgan Bandar Abbos shahridagi portda sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab odam halok bo‘lgan, yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 1,2 mingga yaqin kishi jarohatlangan.

OAV xabariga ko‘ra, portlash natriy perxloratining noto‘g‘ri saqlangani sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bu modda qattiq raketalar yonilg‘isida ishlatiladi. Ammo Eron rasmiylari bu ma’lumotni rad etmoqda.

Kiritildi: 22:02 04.05.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!