"Tehronda Isroil bilan 12 kunlik urush davomida halok bo‘lgan 60 nafar inson, jumladan harbiy qo‘mondonlar va olimlar dafn etilmoqda", deya xabar bermoqda nashr mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib.
Dafn etilayotganlar orasida Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Muhammad Bageriy ham bor. U Isroil bilan qarama-qarshilik davomida o‘ldirilgan eng yuqori lavozimli eronlik harbiy hisoblanadi. Uni Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan rafiqasi va qizi bilan birga dafn etishmoqda.
Tehronda halok bo‘lganlar bilan vidolashish uchun Eron bayroqlari va marhumlarning portretlarini ko‘tarib olgan minglab odamlar to‘plangan.
Dafn marosimi arafasida Eron hukumati ommaviy axborot vositalari orqali kampaniya olib bordi va eronliklarni unda ishtirok etishga chaqirdi. Shuningdek, avtobus va metroda bepul qatnov tashkil qilindi. Dafn kuni davlat idoralari yopildi.
Eron rasmiylariga ko‘ra, Isroil bilan mojaro davomida jami 627 kishi halok bo‘lgan. Mojaro AQSh Eron hududidagi yadroviy ob’ektlarga hujum qilganidan so‘ng tuzilgan sulh bilan yakunlandi.