Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirmoqchi

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning mamlakati harbiy xarajatlar uchun ko‘p mablag‘ sarflayotganini tan olib, mudofaa byudjeti qisqartirilishini aytgan. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Vladimir Putinning o‘z chiqishida aytishicha, Rossiya “keyingi yil va undan keyingi yil, ya’ni kelgusi uch yillik davrda” harbiy xarajatlarini kamaytira boshlaydi. Kreml rahbari hozirda bu maqsad uchun 13,5 trillion rubl (172 milliard AQSh dollari) sarflanayotganini aytib, mazkur ko‘rsatkich YAIMning 6,3 foiziga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Putinning ushbu bayonoti Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning o‘tgan haftadagi ogohlantirishidan so‘ng yangradi. U mamlakat “resessiya yoqasida” turganini va bu iqtisodiy o‘sishning sezilarli darajada sekinlashuviga olib kelishi mumkinligini bildirgan edi.

Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina ham urush davrida iqtisodiy o‘sishni mudofaa sanoati xarajatlari ta’minlagani, hozir esa mazkur omil o‘z kuchini yo‘qotayotganini ta’kidlagandi.

“Biz ikki yil davomida ancha yuqori sur’atlarda o‘sdik, chunki erkin resurslar ishga tushirildi. Endi shuni tushunish kerakki, bu resurslarning ko‘pi aslida tugagan”, – dedi Nabiullina.

The Telegraph nashrining yozishicha, Rossiya iqtisodiyoti 2024 yilda 4,3 foizga o‘sgan. Ammo inflyasiyani jilovlash uchun oktyabrdan buyon foiz stavkalari 21 foiz darajasida ushlab turilgan. Joriy oyda mazkur ko‘rsatkich 20 foizgacha tushirilgan, chunki inflyasion bosim biroz kamaygan.

Qolaversa, mamlakat ishchi kuchi tanqisligiga ham duch kelmoqda. Shu bois ish haqi o‘sishi so‘nggi 16 yildagi eng yuqori darajaga yetdi. Bunga mehnatga layoqatli insonlarning mudofaa sanoati va armiyaga jalb etilishi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 23:55 29.06.2025. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!