Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: Tailandda F-16 uchuvchisining halok bo‘lish sabablari o‘rganiladi

Zelenskiy: Tailandda F-16 uchuvchisining halok bo‘lish sabablari o‘rganiladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan Ukrainaga qilingan navbatdagi keng ko‘lamli hujumdan so‘ng o‘z munosabatini bildirdi.

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi:
«Afsuski, hujumni qaytarish chog‘ida F-16 uchuvchisi Maksim Ustimenko halok bo‘ldi. U bugun 7 ta havo nishonni yo‘q qildi. Uning oilasi va xizmatdoshlariga hamdardlik bildiraman. Uning o‘limining barcha holatlarini aniqlashni topshirdim. Ukraina aviasiyasi osmonimizni qahramonlarcha himoya qilmoqda».

Zelenskiy ma’lum qilishicha, faqatgina shu haftada Rossiya Ukrainaga nisbatan 114 dan ortiq raketa, 1270 dan ziyod dron va deyarli 1100 boshqariladigan aviabomba ishlatgan.

Prezident xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga bosimni kuchaytirishga va Ukrainaga yanada ko‘proq havo mudofaa vositalarini, jumladan amerikaning «Patriot» tizimlarini taqdim etishga chaqirdi.

Yaqinda Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda yangi PVO tizimlarini sotib olish istagini bildirgan. Tramp «Patriot» tizimlariga jahonda yuqori talab borligini aytgan, ammo ularni yetkazib berish imkoniyatini istisno etmagan.

Kiritildi: Bugun 13:37. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!