Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Mask g‘azabda?!

Mask g‘azabda?!

Mashhur milliarder va Tesla asoschisi Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampning yangi qonun loyihasiga nisbatan keskin tanqidlar bildirdi. Uning fikricha, loyiha davlat qarzining rekord darajada — 5 trln dollarga oshishiga olib keladi va mamlakatni “qarz qulligi” tomon olib boradi.

"Bu tarixdagi eng katta qarz oshirilishi bo‘lib, Amerikani to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy halokat yo‘liga olib chiqadi", — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida deydi Oxu.Az nashri.

Mask qonun loyihasini "aqldan ozgan va buzg‘unchi" deb atadi. U bu tashabbus millionlab ish o‘rinlarining yo‘qolishiga, iqtisodiy strategik zararlar va kelajak texnologiyalari sohalarining inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘lishini aytdi.

Tramp esa o‘z navbatida, bu qonunni “Katta chiroyli qonun loyihasi” deb atab, elektr transport vositalarining soliq imtiyozlarini bekor qilmoqchi. Respublikachilar esa uni 4 iyulga qadar Senatdan o‘tkazishga shoshilmoqda.

Kiritildi: 23:35 29.06.2025. O'qildi: 1046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!