Aleksey Overchuk iyun oyi oxirida Bokuga tashrif buyurishi rejalashtirilgan edi.
Manbalarga ko‘ra, Yekaterinburgda ozarbayjonliklarning qo‘lga olinishi va ularga nisbatan zo‘ravonlik tashrif bekor qilinishiga sabab bo‘lgan, deb yozadi Ozarbayjon OAV.
"Hozirgi vaziyatda Ozarbayjon tomoni Overchuk yoki Rossiyaning boshqa rasmiy shaxslari kelishini o‘rinli deb hisoblamaydi," deydi manbalar.
Hozircha Moskva va Boku rasmiylari bu borada hech qanday izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon avvalroq Rossiyani Yekaterinburgda 2 nafar ozarbayjonlik halok bo‘lgan mamlakat fuqarolarining hibsga olinishini tekshirishga chaqirgan edi.