Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Erondagi qamoqxonaga hujumining ayanchli tafsilotlari ochiqlandi

Isroilning Erondagi qamoqxonaga hujumining ayanchli tafsilotlari ochiqlandi

Isroil armiyasining Tehrondagi siyosiy mahbuslar uchun mo‘ljallangan Evin qamoqxonasiga bergan zarbasi oqibatida 71 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Eron adliya rasmiysi Asg‘ar Jahongir ma’lumot berdi. Uning so‘zlarini Eronning Mehr agentligi keltirgan.

Halok bo‘lganlar orasida qamoqxona xodimlari, mahbuslar, ularning qarindoshlari va bino yaqinidagi odamlar bor. Bir necha kishi jarohatlangan. Ulardan ba’zilariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, boshqalari esa shifoxonaga yotqizildi. Jahongir zarba natijasida katta moddiy zarar ko‘rganini ham ma’lum qilgan.

Eron qamoqxonaga hujum qilingani haqida 23 iyun kuni ma’lum qilgandi.Ma’lumotni Isroil Mudofaa vazirligi tasdiqladi.

24 iyun kuni, 12 kunlik o‘zaro raketa otishmalaridan so‘ng, Eron va Isroil sulhga kelishib oldi. Harbiy harakatlar davomida Isroil Eronning eng yirik yadroviy va mudofaa inshootlariga hujum qildi. 22 iyun kuni AQSh harbiy harakatlarga qo‘shildi va Eronning Isfaxon, Natanz va Fordodagi yadroviy inshootlariga zarba berdi.

Kiritildi: Bugun 15:54. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!