Aleksandar Vuchich bu haqda 28 iyun kuni Belgradda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishidan keyin xalqqa qilgan murojaatida aytib o‘tdi.
"Men shunchaki ularning nima haqida o‘ylaganiga tushunmayapman. Ular chindanam o‘zlarini davlatdan kuchlimiz deb o‘ylashdimi? Davlatdan kuchli hech kim yo‘q, buni qanday tasavvur qildingiz? Qaysi universitetda o‘qigansiz? Ko‘rinib turibdiki, ko‘p imtihonlardan yiqilgansiz", — dedi prezident.
Vuchich, shuningdek, polisiya xodimlarini namoyishlarni minimal kuch bilan bostirishga erishganliklari bilan tabrikladi.
"Bunday professionallik va bunday minimal darajadagi aralashuv Yevropaning hech bir joyida bo‘lmagan", — deya qo‘shimcha qildi u.
Serbiyadagi ommaviy norozilik namoyishlari to‘lqini 2024 yil noyabridan beri davom etmoqda. Norozilikka Novi-Sad shahridagi temir yo‘l vokzalida beton konstruksiyaning qulab tushishi sabab bo‘ldi. Namoyishchilar bu fojiaga hukumatdagi korrupsiya sabab ekanini aytishmoqda va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilishmoqda.