"Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublarining sobiq yarim himoyachisi va Angliya terma jamoasining sobiq sardori Pol Ins mast holda mashina haydagani uchun hibsga olindi.
Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u boshqarayotgan avtomobil ajratuvchi to‘siqqa borib urilgan.
Ins garov evaziga ozod qilindi va u 18 iyul kuni sudga chiqadi.
Ins 57 yoshda va Angliya terma jamoasi tarkibida 1996 yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. "Manchester Yunayted" bilan birgalikda u ikki marta Angliya chempionati va Angliya kubogida g‘olib chiqqan, shuningdek, UYEFA Superkubogi va Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan.