Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Eronda internet uzilib qoldi

Eronda internet uzilib qoldi

Butun dunyo bo‘ylab internet erkinligini nazorat qiluvchi NetBlocks tashkilotiga ko‘ra , Eronda internetga kirish deyarli butunlay uzilib qolgan.

"Eronliklarning aksariyati mahalliy vaqt bilan taxminan 17:30 (Toshkent vaqti bilan 18:30) dan beri internetga ulanishda muammolarga duch kelmoqda", deyiladi NetBlocks xabarida.

Isroil hujumlari natijasida Eronda internetga cheklovlar kiritildi. Bu haqda Eron aloqa vazirligi ma’lum qildi.

Eron idorasi bayonotiga ko‘ra, cheklovlar mamlakatdagi favqulodda vaziyat tufayli joriy etilgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, bu qaror mamlakatda yuzaga kelgan alohida sharoitlarni hisobga olgan holda qabul qilingan va vaziyat barqarorlashishi bilan internetga ulanish tiklanadi.

Kiritildi: 21:29 18.06.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!