Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Eronda harbiylar va polisiyaga qarshi ikki hujum sodir etildi

Eronda harbiylar va polisiyaga qarshi ikki hujum sodir etildi

Eronning janubi-sharqida joylashgan Siston va Balujiston viloyatida kuch tuzilmalari xodimlariga qarshi qator qurolli hujumlar sodir etildi. Qisqa vaqt ichida mintaqada ikki terrorchilik harakati qayd etilib, harbiylar va polisiya xodimlari orasida qurbonlar bo‘ldi.

Birinchi hujum Makron sohilida joylashgan Eron armiyasining 88-bronetank diviziyasi xodimlarini olib ketayotgan mikroavtobusga uyushtirildi. Harbiylar navbat almashish uchun ketayotgan vaqtda transport vositasi Nikshahr shahri yaqinida qurolli hujumga uchragan.

To‘qnashuv oqibatida harbiy xizmatchi Muhammadrizo Oqati halok bo‘ldi, yana uch kishi turli darajada tan jarohati oldi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Zohidon shahrida qurollangan shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bo‘lgan avtomobilni nishonga oldi. Hujum Eron xavfsizlik kuchlari va qurolli guruh a’zolari o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Natijada yana bir polisiya xodimi halok bo‘ldi.

Mahalliy hokimiyat va kuch tuzilmalari hujum qilgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 14:44 08.10.2026. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!