Eron hukumati ayollarga motosikl haydovchilik guvohnomasini olishga ruxsat berdi.
Bu haqda Ilna axborot agentligi xabar bermoqda.
Qarorni birinchi vise-prezident Muhammad Rizo Aref imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, mamlakat bosh qo‘mondonligi ayollar uchun amaliy motosikl mashg‘ulotlarini tashkil etish, yo‘l harakati polisiyasi nazorati ostida imtihonlar o‘tkazish va tegishli haydovchilik guvohnomasi toifasini berish uchun mas’uldir.