Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Eronda ayollar uchun hijob o‘rash majburiyati bekor qilindi

Eronda ayollar uchun hijob o‘rash majburiyati bekor qilindi

Bu haqda Eronning Maqsadga muvofiqlikni baholash kengashi a’zosi Muhammadrizo Bahonar ma’lum qildi.

"Yuridik nuqtai nazardan endi hijob haqidagi qonunga amal qilish shart emas. Eron hududida hijob o‘rash bo‘yicha qonuniy majburiyat yo‘q va bu holat hech qanday jarima yoki boshqa huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi", — dedi u jurnalistlarga.

Ta’kidlash joizki, Eronda hijob haqidagi qonunning o‘zi emas, balki uning ayollar va qizlar uchun majburiy bo‘lishi talabi bekor qilindi. Endilikda ayollar hijobda bo‘lish yoki bo‘lmaslikni tanlash erkinligiga ega hisoblanadi.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu qaror qisman mamlakatda yuz bergan bir necha norozilik to‘lqinlari, shuningdek, Isroil va AQSh bilan ziddiyatlar fonida Eron hukumatining jamiyatni radikallashtirmaslik istagi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 18:26 07.10.2025. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!