Eron janubi-sharqida joylashgan Kermon viloyatining Kermon-Ravar trassasida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Avtobusda bor-yo‘g‘i 43 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va yo‘l polisiyasi ishlamoqda, ular jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishdan tashqari, hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Besh nafarining ahvoli og‘ir bo‘lgan barcha jarohatlanganlar Kermandagi Shahid Bahonar kasalxonasiga yetkazilgan.