Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Eronda 18 yoshdan katta fuqarolarga 10 ming dollargacha valyuta sotish boshlandi

Eronda 18 yoshdan katta fuqarolarga 10 ming dollargacha valyuta sotish boshlandi

Bugundan boshlab Eronda xorijiy valyuta bozorini tartibga solish maqsadida mamlakatning 4 ta banki — «Mellat», «Tejorat», «Sodirot» va «Saman» banklarida xorijiy valyuta sotuvi boshlandi.

Eron Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, bugundan boshlab 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha Eron fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etib, 10 ming dollargacha bo‘lgan valyuta ehtiyojini qondirishi mumkin.

Eron Markaziy banki ushbu dastur doirasida 2 milliard dollargacha valyuta ajratishni rejalashtirmoqda. Dastlabki bosqichda 1 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ banklar va banklarga tegishli valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali mijozlarga sotilmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda Eronga nisbatan turli cheklovlar va sanksiyalar joriy etilishi, shuningdek, iqtisodiy muammolar sabab Eron rialiga nisbatan xorijiy valyutalar qiymati sezilarli darajada oshgan.

Eron Markaziy banki tomonidan bugun uchun belgilangan rasmiy kursga ko‘ra, mamlakatda 1 AQSh dollari 1,75 million rial, 1 yevro 2,31 million rial, 1 Ozarbayjon manati esa 1,03 million rialni tashkil etmoqda.

Ayni paytda qora bozorda 1 AQSh dollari 2,63 million rial, 1 yevro 2,96 million rial va 1 Ozarbayjon manati 1,56 million rialdan sotib olinmoqda va sotilmoqda.

Kiritildi: 14:58 03.10.2026. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!