Eron Yaqin Sharqdagi banklar va moliya institutlarini o‘zining qonuniy nishonlari deb e’lon qildi.
Bu haqda Eron qo‘shma harbiy qo‘mondonligi bayonot berdi.
Xabarga ko‘ra, bu qaror Tehronda Isroil-Amerika havo hujumlari natijasida bank xodimlarining o‘limidan so‘ng qabul qilingan. Shuningdek, unda zarbalar AQSh va Isroil bilan bog‘liq moliya institutlari va banklarga qaratilgani ta’kidlangan.
"Ushbu noqonuniy va noan’anaviy urush harakati bilan dushman bizga zarbalar berishga ruxsat berdi", deyiladi bayonotda.
Harbiylar o‘z bayonotida tinch aholini bunday muassasalardan uzoqroq turishga chaqirdi.