Eron mintaqadagi AQSh harbiy bazalariga zarbalar berganini e’lon qildi.
Bu haqda Al Jazeera telekanali Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz floti bayonotiga tayanib xabar berdi.
Hujumlar Bahrayndagi Al-Saxir aeroportidagi AQSh dronlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash angarlariga, shuningdek, Quvaytdagi Arifjan aviabazasidagi dengiz maxsus kuchlari ob’ektiga qaratilgan. Bundan tashqari, Bahrayndagi Port Salmandagi AQSh maxsus kuchlari 59 kemalari uchun o‘quv angarlariga zarbalar berildi.
Eron tomonining so‘zlariga ko‘ra, hujumlar ob’ektlarni butunlay "vayron qildi va jiddiy shikastladi".
Shuni ta’kidlash kerakki, vositachilar ilgari Eronga AQSh bilan 10 kunlik sulh tuzish taklifini taqdim etgan edi.