Eron parlamenti Isroil hujumlariga javoban Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan (DNYAO) chiqish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqayotganini rad etdi.
Bu haqda Eronning Mehr agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron parlamenti bugungi sessiyada Isroilga har tomonlama qarshi turish maqsadida qurolli kuchlarni kuchaytirish rejasini ham tasdiqlagan.
Tasdiqlangan reja matniga asoslanib, Eron Isroil hujumini to‘laqonli urush e’loni sifatida baholaydi va barcha ichki kuchlarni birlashishga chaqiradi.