"Biz allaqachon o‘z nuqtai nazarimizni aniq bildirganmiz: Eronda yadro bombasi bo‘lmasligi kerak. Ular javobida buni xohlamasliklarini aytishdi. Shuning uchun, ushbu muhokamada ularning so‘zlarini chin deb qabul qilamiz. Agar bu haqiqatan ham ularning pozisiyasi bo‘lsa, unda ularning boyitish qurilmalari butunlay olib tashlanishi lozim. Ularda sentrifugalar bo‘lmasligi kerak. Ulardagi barcha mavjud yoqilg‘i suyultirilishi va uzoq joylarga jo‘natilishi, agar ular istasalar, fuqarolik yadro dasturiga o‘tishlari kerak. Ularning Eron hududida allaqachon fuqarolik reaktori bor - u Busher deb ataladi. Unda boyitish imkoniyatlari yo‘q, sentrifugalar mavjud emas va bu inshootdan faqat fuqarolik maqsadlarida - elektr energiyasi ishlab chiqarish va shunga o‘xshash ishlarda foydalanish mumkin. Agar bu haqiqatan ham ular xohlayotgan narsa bo‘lsa, agar ular bu dasturga ishonishsa, uni rivojlantirsinlar"
- dedi Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchisi Breitbart News’ga bergan intervyusida.