Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron raketalari qayerda?

Eron raketalari qayerda?

Eron raketalarni AQShning har qanday bombalariga bardosh beradigan mustahkam bunkerlar ichida yashirmoqda — Bild.

Harbiy tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, yer osti bazalari Eronning raketa arsenalini kuchli zarbalardan saqlab qolishga yordam bermoqda.

Ularning baholashicha, ko‘plab ob’ektlar tog‘lar ichida shunchalik chuqur joylashtirilganki, hatto Qo‘shma Shtatlarning eng kuchli bunkerga qarshi bombalari ham ularni yo‘q qilishni kafolatlamaydi. Bunday majmualar ichida omborlar, yig‘ish zonalari va uchirish qurilmalari bo‘lishi mumkin.

"Shunday turdagi bunkerlarni yo‘q qilishning kam sonli variantlardan biri ularning kirish qismiga zarba berib, bazalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish hisoblanadi. Ammo bu qanchalik samarali ekani noma’lum", deyiladi Bild maqolasida.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!