Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Erondagi urushga oid ayanchli raqam ochiqlandi

Erondagi urushga oid ayanchli raqam ochiqlandi

Urush boshlangandan buyon salkam 500 nafar eronlik ayol va bola qurbon bo‘lgani aytildi.

Eronda AQSH-Isroil harbiy operasiyasi boshlanganidan beri 246 ayol va 233 voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan, dedi Islom Respublikasi hukumati vakili Fotima Muhajeroniy.

«246 ayol halok bo‘ldi, ulardan 216 nafari 18 yoshgacha va 17 nafari 5 yoshgacha», dedi Muhajeroniy xonim. Uning bayonoti Tasnim agentligi tomonidan e’lon qilingan.

Qizil Yarim Oy jamiyati Tehronga qarshi AQSH-Isroil harbiy operasiyasi boshlanganidan beri 102 000 ta tinch aholi nishoniga zarba berilgani haqida xabar bergan edi. Hujumlarda halok bo‘lganlardan 1900 nafari Eron fuqarosi ekanligi xabar qilingan.

Oldinroq AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Tripoli desant kemasi Yaqin Sharqqa yetib kelgani xabar berilgandi.

Kiritildi: 21:17 30.03.2026. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!