Bu haqda Pokistonning Dawn nashri diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.
"Muzokaralarni qabul qilish uchun ikki variant ko‘rib chiqilmoqda: Pokiston poytaxti Islomobod yoki Shveysariyaning Byurgenshtok shahri. Ammo Islomobod eng ehtimoliy manzil hisoblanadi", — dedi manbalardan biri.
"Muzokaralarda Eronning yadroviy dasturi, Tehronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish, xorijda muzlatib qo‘yilgan Eron aktivlarini blokdan chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, tomonlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlash hamda Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida Livanda amal qilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga rioya etilishini ham ko‘rib chiqishi kutilmoqda", deb yozadi Dawn.