Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuvni to‘rt bosqichda amalga oshiriladi

Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuvni to‘rt bosqichda amalga oshiriladi

Al Hadath telekanali manbalariga ko‘ra, reja quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga olishi mumkin:

— Birinchi bosqichda tomonlar amaldagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibini mustahkamlashlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy harakatlardan voz kechishlari va mintaqada yangi frontlar ochilishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak;

— Ikkinchi bosqich Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va dengiz xavfsizligiga bag‘ishlanadi. Bunda blokadani bekor qilish hamda kemalar qatnovi va energiya quvurlari xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan;

— Uchinchi bosqich Eronga qarshi sanksiyalarni qisman yumshatishni va Tehronning xorijdagi aktivlari bir qismini muzlatishdan chiqarishni nazarda tutadi;

— To‘rtinchi bosqichda tomonlar Eronning yadroviy dasturini, jumladan, uranni boyitish darajasi va xalqaro nazorat mexanizmlarini muhokama qilish niyatida.

Kiritildi: Bugun 20:00. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!