AQSh prezidenti Donald Tramp Eron masalasidagi siyosat va neft bozoridagi kutilmalar haqida fikr bildirar ekan, harbiy harakatlar yakunlangach energiya resurslari narxi sezilarli darajada arzonlashishini ma’lum qildi.
"Eron bilan urushda g‘alaba qozonganimizda, neft narxlari boshqa barcha narsalar kabi, hatto undan ham ko‘proq va tezroq sur’atda pasayadi. Bularning barchasi juda tez sodir bo‘ladi va Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘la olmaydi", — deb ta’kidladi Oq uy rahbari.