Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron tomoni Fordo, Natanz va Isfahondagi ob’ektlarga hujum qilinganini tasdiqladi

Eron tomoni Fordo, Natanz va Isfahondagi ob’ektlarga hujum qilinganini tasdiqladi

Eron davlat televideniyesi siyosiy direktori o‘rinbosari Hasan Abediniy jonli efirda Eron "biroz oldin" ushbu uchta yadroviy ob’ektni evakuasiya qilganini aytdi. Bu Tehronning Qo‘shma Shtatlarning o‘z yadroviy ob’ektlarini bombardimon qilishiga birinchi rasmiy munosabati bo‘ldi. Abediniy Eron "jiddiy zarar ko‘rmagani, chunki materiallar allaqachon olib chiqib ketilgani"ni ta’kidlagan.

Tasnim axborot agentligi Qum viloyatidagi rasmiyga tayanib Fordo yadroviy majmuasining bir qismi hujumga uchragani haqida xabar berdi.

"Bir necha soat avval Qumning havo mudofaasi ishga tushirilib, dushman nishonlari aniqlangach, Fordo yadroviy ob’ektining bir qismi dushman aviazarbalariga uchradi", – deya bayonot bergan Qum viloyati favqulodda vaziyatlar shtabi vakili.

Isfaxon viloyati gubernatori o‘rinbosari Akbar Solihiy esa Natanz va Isfahonda" bir nechta portlash ovozlari eshitilgani, yadroviy ob’ektlar yaqinida hujumlar bo‘lgani"ni tasdiqlagan.

Avvalroq, AQSh harbiylari Fordodagi yadroviy ob’ektga bunkerga qarshi 6 ta bomba tashlagan, shuningdek, Isfahon va Natanzdagi ob’ektlar bo‘ylab Tomahawk rusumli 30 raketa raketa uchirgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 09:32 22.06.2025. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!